«Ko‘rmay desam, ko‘zim ko‘r emas,
Yurmay desam, oyog‘im butun.
Ammo qalblar ortiq jo‘r emas,
Xayollarga bo‘laman tutqun».
Mirtemir
Yurmay desam, oyog‘im butun.
Ammo qalblar ortiq jo‘r emas,
Xayollarga bo‘laman tutqun».
Mirtemir
U ketdi… Yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan bir tup o‘rik tagidan burilib o‘tdi-yu, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qarg‘ashoyi ko‘ylagining etagini, o‘ng bilagiga ilib olgan qizil sumkachasinigina ko‘rib qoldim. U ketdi… Quloqlarim ostida anhorning qiqir-qiqir kulgisi-yu, xo‘rsinishga to‘lgan qiz yig‘isi qoldi.
U ketdi-yu, ko‘z o‘ngimda iztirobga to‘lgan, ham yaqin, ham uzoq siymosi qoldi.
…Ko‘zlarimda yosh qalqidimi?! Yo‘q-yo‘q, axir nega endi? U ketdi. U ketdi-yu, xayolimda ham shirin, ham achchiq, ham quvnoq, ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi…
…O’shanda men birinchi kursda o‘qirdim. Birinchi imtihonni topshirgan edim. Qiziq, yoshlik ekan-da! Birinchi kurs talabalarining hammasida bo‘ladigan odat menda ham bor edi. O’zimni juda bilimdon, yuqori kursdagilardan ham, goho domlalardan ham ko‘proq narsani biladigan kishi hisoblardim. Ha, men mag‘rur edim. Buning ustiga birinchi imtihondan a’lo baho oldim. Men shod edim, allaqayoqlarga uchgim, baland-baland parvoz etgim kelardi. Gavjum yo‘lkalardan borarkan man, hech kimni ko‘rmas, hech nimani sezmas edim.
Trolleybusga chiqdim. Bo‘sh o‘rindiqqa o‘tirib kitob varaqlay boshladim. Kitob o‘qirdimu satrlar mazmunini o‘zim ham tushunmasdim. Xayollarim olislarga yetaklab ketardi meni.
Yonimga kelib o‘tirgan qizga parvo ham qilmabman. Bir vaqt u piq etib kulib yubordi.
- Odamga qaragingiz ham kelmaydimi, Erkin aka? Cho‘chib o‘girildim.
- Ie, Xolida… — xijolatdan qip-qizarib ketgan bo‘lsam kerak, Xolida yashnab-yashnab kulib yubordi.
Noqulay ahvolda iljayib, unga razm soldim. Hech o‘zgarmabdi. Doim nimanidir kutganday bolalarcha javdirab turuvchi charos ko‘zlari ham, chehrasiga allaqanday soddalikkami, bo‘shanglikkami o‘xshash ifoda beruvchi qalinroq lablari ham o‘zgarmabdi. Bu o‘sha Xolida edi. Bundan yarim yilcha avval o‘zim bilan bir partada — o‘rta maktab partasida o‘tirgan Xolida edi. Hech o‘zgarmabdi… faqat meni «aka» deb ataganiga hayron bo‘ldim. Maktabda bo‘lsa har doim «He bola» deb chaqirardi, shayton qiz!
Xayolimni yig‘ishtirib olmasimdanoq Xolida yana hujumga o‘tdi:
- Ja, talaba bo‘lib… a? O’qishlar yaxshi ketyaptimi?
- Hm, — dedim so‘zimning yarmisini yutib. Men uni «siz»-lashimni ham, «sen»lashimni ham bilolmay, bir zum istihola qilib turdim-da, faqat, gapirish uchungina so‘radim: -Siz qaerda o‘qiyapsiz, Xolida?
Bilmadim, Xolida savolimni eshitmadimi yoki e’tibor bermadimi, yuzini chetga burib, u yoq-bu yoqqa alanglay boshladi. Oldinroqda turgan ayolni chaqirib joy berdi. Men ham darrov turib ketdim. Ikkovimiz yonma-yon turib, anchagacha jim ketdik. Keyin Xolida yana avvalgiday jilmayib so‘radi:
- Shunday qilib, jurnalist bo‘lar ekansiz-da… Ko‘rsam maylimi? — Xolida qo‘limdagi kitobni oldi.- Lui Aragon! Yaxshi yozuvchi bo‘lsa kerak-a?
Men indamay bosh silkib qo‘ydim. Xolida kitobni varaqlarkan, ichidan zachyot daftarim chiqib qoldi. U menga yov qarash qildi. Quyuq qoshlari bir to‘lg‘anib qo‘ydi.
- Ruxsatsiz ko‘rsam xafa bo‘lmaysizmi?
Men, avvaliga, mayli, dedim-u, keyin birdan uning Qo‘llariga yopishdim. Surat! Axir daftar ichida o‘zining surati bor-ku! Ko‘rsa nima xayolga boradi? Bitiruvchilar kechasi o‘tkazilgan kuni sinfdoshlarimiz bilan surat almashgandik, negadir Xolidaning suratini o‘shandan beri yonim-da olib yurardim. Nimaga shunday qilayotganimni o‘zim ham bilmasdim. Faqat… faqat Xolidaning menga boshqacharoq qarab yurishini bolalar shama qilishardi o‘shanda. Menda ham shu qizga nisbatan mehrmi, allaqanday his uyg‘ongandi. Lekin nima uchundir shu topda unga suratini ko‘rsatgim kelmadi.
- Xolida, kechirasiz, mumkin emas, — dedim sun’iy iljayib. Zachyot daftarimni cho‘ntagimga solib qo‘ydim.
- Kechirasiz… Sizning ichki ishlaringizga aralasha olmayman. – Xolida hazillashyaptimi, chindan gapiryaptimi bilolmadim. Oraga tushgan sovuq vaziyatni yo‘qotish uchun tayinliroq so‘z qidirar, ammo tilim kalimaga kelmasdi. Trolleybus Xadraga yaqinlasharkan, «Vatan» kinoteatrining katta-katta afishalari lip etib ko‘rinib o‘tdi.
- Yaxshi kino ketyapti… Tushamizmi?
Men bu gapni ham faqat oradagi o‘sha noqulay vaziyatni buzish uchun aytdim. Dabdurustdan kinoga taklif qilishim Xolidani o‘ylantirib qo‘ydi. Men uning yo‘q deyishini kutib turardim. Ammo yo‘q demadi. Yelkasini uchirib Qo‘ydi.
- Bilmasam.
- Bo‘pti, yuring! — dedim quvonib…
Kinodan chiqib, zinalar yonidagi pastak archa tagida bir oz turib qoldik.
- Erkin aka, bilasizmi… – Xolidaning yonoqlari qip-qizarib ketdi. Bir o‘rim sochining uchini tutamlab turib, tutilib-tutilib gapirdi, – bilasizmi… Man… sizga xalaqit bermaymanmi?
Shu topda u ko‘zimga juda sodda, juda pok, shu bilan birga allaqanday sirli ko‘rinib ketdi. Bu savol oldida o‘zim ham esankirab qoldim.
- Yo‘g‘-e, nimaga endi?..
- Bo‘lmasa… kelar haftaning shu kuni, shu soatda, shu yerga kelsam yo‘q demaysizmi?..
Xolida battar qizarib ketdi. Quyuq qayrilma kipriklari yuziga to‘kildi.
- Xolida, kelasizmi, rostdan kelasizmi? – dedim sevinib.
- Men ketdim! Xayr!
Xolida yerdan ko‘z uzmay keskin burildi-da, kelib to‘xtagan trolleybusga qarab yugurdi. Sariq jemperiga quyib qo‘ygandek yarashib tushgan bir o‘rim yo‘g‘on qo‘ng‘ir sochining silkinib borayotganini ko‘rib turdim. U trolleybus zinasiga oyoq qo‘yarkan, menga bir o‘girilib qaradi. Nazarimda muloyim, juda muloyim jilmayib qo‘ygandek bo‘ldi. Shundagina men uni kuzatib qo‘yishim kerakligini tushundim. Axir biz u bilan yonma-yon mahallada turamiz-ku! Ammo men kechikkan edim. Trolleybus bir silkinib yurib ketdi. Turgan joyimda serrayib qoldim. Hozirgina bo‘lib o‘tgan gap-so‘zlar quloqlarim ostida dilrabo kuy sadolaridek jaranglar, shu kuy meni bir umr sarxush qilib qo‘yayotganday bo‘lardi.
Kelasi uchrashuvgacha shu kuy og‘ushida yashadim.
Chorshanba kuni Xolidani xuddi o‘sha yerda, kinoteatr zinalari yonidagi pastak, xonaki archa tagida kutib oldim. Xolida bu safar o‘ziga sal oro bergan, boshini yaqinda yuvgan bo‘lsa kerak, uzun sochlarining nami hali qurimagan edi.
- Bugun kinoga tushmay qo‘ya qolamiz, xo‘p? – Xolida qoshini chimirib, chiroyli jilmayib qo‘ydi.
- Ixtiyoringiz…
Hali oqshom qo‘nib ulgurmagan katta ko‘chadan O’rdaga — Anhor tomonga yurib ketdik.
- Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning qadamiga qarab ohista borarkanman.
- Rahmat…— Xolida anchagacha jim qoldi… Anhor ko‘prigidan o‘tib daraxtzor orasiga kirdik. Oqshom eng avval shu yerga qo‘nadi. Daraxtlarning tekis shovillashi anhorning bezovta to‘lqinlari ovoziga qo‘shilib, beozor, orombaxsh sukunatni chuqurlashtirayotgandek bo‘lardi…
- O’tiramizmi? — Anhor labida turgan pastak skameykaga imo qildim.
O’tirdik. Anhorning tub-tubidan qaynab chiqayotgan suvga tikilgancha qoldik. Anchagacha ikkovimizdan ham sado chiqmadi.
- Erkin aka, siz meni odobsiz qiz deb o‘ylayapsizmi? — Xolida javdiragan ko‘zlarini ko‘zimga qadadi.
Hayron bo‘ldim.
- Nega endi?
Xolida anchagacha indamadi.
- Rost-da… O’zimdan-o‘zim sizga… – Xolida boshini yana-yam quyiroq egdi. Qiynalib-qiynalib gapirdi. – Lekin nima qilay? Faqat, faqat siz meni haydamasangiz bo‘ldi…
Butun vujudimni hali hech sezilmagan, hali hech sinab ko‘rilmagan allaqanday yoqimli titroq qopladi. Hali ishq nimaligini bilmagan yurakda nozik, juda nozik, shamchiroqdek bir o‘t – sevgiga chanqoq o‘t yiltillab turarkan. Mayingina muhabbat shabadasi bir marta, faqat bir marta siypalab o‘tsa, bu uchqun lovillab ketarkan.
- Xolida, axir nega unday deysiz? Axir men sizni… sizni… Xayolimni yolg‘iz siz olib qo‘ydingiz-ku, axir! Menga nasib bo‘ladimi, yo‘qmi, deb xavotirlanib o‘zim ham topolmay yurgan aziz bir narsani qiz muhabbatini taqdim qilasizu…
Men yana ancha-ancha gaplarni aytgim, yuragimdagi hislarimning hammasini to‘kib solgim kelardi-yu, ammo shu hislar oldida o‘zim ojiz edim…
- Rostmi? Shu gaplaringiz rostmi? —Xolida qayrilma kipriklarini ko‘tarib ko‘zlarimga tikildi.
Entikib ketdim.
- Nahotki menga ishonmasangiz? Xolida sekin bosh silkidi.
- Ishonaman… Lekin… Keling, endi bir-birimizdan sir yashirmaylik. Xo‘p?
- Sizdan nimani ham yashiray?
- Yolg‘onmi?-Xolida ayyorliq bilan qoshini uchirib qo‘ydi,-Huv, anunda, zachyot daftaringizni nega tortib oldingiz?
- Unda… unda sizning suratingiz bor edi, Xolida!
- Rostmi?-Xolida yana o‘sha bolalarcha soddalik bilan ko‘zlarini javdiratdi…
Shu kuni ikkalamiz uygacha piyoda qaytdik.
Men Xolida bilan xayrlashgan daqiqadan boshlaboq yuragimda so‘nmas bir o‘t alangalana boshladi. Bu o‘t hech to‘xtamas, visol damlari yaqinlashgan sayin kuchayar, faqat o‘zini ko‘rsam sal bosilardi-yu, xayrlashishimiz bilan yana lovillardi.
Bu o‘t ikki yilgacha, yo‘q-yo‘q, undan keyin ham, shu kungacha ham hech pasaymadi. Lekin, netayki, goho taqdir sening izmingga emas, sen taqdirning izmiga bo‘ysunishga majbur bo‘lib qolarkansan…
…Ikkinchi kursning oxirgi imtihonini topshirgan kunim Samarqandga—viloyat gazetasiga uch oylik praktikaga ketish oldidan Xolidani uchrashuvga taklif qilgandim. Ammo u kelmadi. Har gal besh minut kuttirib qo‘ysa, alamimni papirosdan olardim. Bu safar papiros ham dosh berolmadi. Xuddi o‘sha Anhor bo‘yidagi pastak skameyka yonida bir soat turdim. Yuragimni chulg‘agan shubhalar chigallashib ketdi-yu, shahar ko‘chalarida anchagacha aylanib yurdim. O’sha tanish xiyobonlar, o‘sha sokin anhor, juft-juft bo‘lib sayr qilib yurgan o‘sha sevishganlar bir dardimni o‘n qilardi.
Xayolimda ikki savol, ikki muammo hukmron edi: Xolidaning oldiga boraymi, yo‘qmi? Ehtimol, unga bir nima bo‘lgandir? Yo‘g‘-e, axir kuni kecha o‘zim ko‘rdim-ku! Agar u shunchaki noz qilayotgan bo‘lsa-chi? Shu topda uning uyiga, ostonasiga bosh urib boramanmi?
…Yo‘q, yo‘q, bari bir muhabbat ustunlik qildi. Xolidalarning ko‘chasiga qanday qilib borib qolganimni o‘zim ham bilmayman. Ularning uyi tor ko‘chaning ichida edi, ammo nechanchi eshik ekanini bilmasdim. Har safar uni kuzatib qo‘yganimda ko‘cha boshida xayrlashardik. Xolidaning o‘zi ham uyalardi shekilli, ko‘cha ichiga kirishimni xohlamasdi.
Bir lahza ikkilanib turdimu ko‘cha ichiga kirdim. Lekin yigirma qadamcha yurar-yurmas to‘xtab qoldim. Ikkala tavaqasi lang ochib qo‘yilgan eshikdan bir qo‘lida belkurak, bir qo‘lida kattakon paqir ko‘tarib Xolidaning akasi chiqib keldi. Men uning otini ham bilmasdim. U bizdan uch yil avval maktabni bitirgan, hozir allaqanday idorada ishlayotganini eshitgandim. U menga qayrilib qaramay, paqirga simyog‘och tagiga uyib qo‘yilgan ko‘mirni olib sola boshladi.
Yaqinroq kelib salom berdim. U belkurakni tashlamay, engashib turgan ko‘yi yelkasi osha menga qaradi. Qaradi-yu, birdan qaddini rostladi. Jingalak sochi ter aralash peshonasiga yopishib qolgan, ko‘mir tegib qorayib qolgan maykasi ham ho‘l bo‘lib ketgandi. Bilmadim, salomimni eshitmadi-mi, alik olmadi. Yaxshilab tanib olmoqchi bo‘lganday menga uzoq tikilib qoldi. Keyin peshona terini shaxt bilan sidirib tashladi-da, ko‘zimga tikilib turib so‘radi:
— Xo‘sh, xizmat?!
Birdan esankirab qoldim. Uyalib ketdim. Nima deyishimni bilmay to‘g‘risini aytib qo‘ya qoldim:
— Xolidaxon bormilar?
— Akasi kerak emasmi, akasi! — uning rangi o‘chib, belku-rak ushlagan qo‘li asabiy qaltiray boshladi. Meni yeb yubormoqchi bo‘lganday, tishlarini g‘ijirlatib ta’kidladi.— Qadamingni bilib bos, bola! Qizlarga osilgandan ko‘ra burningni eplasang-chi! Kimsan o‘zing! Dadangga o‘xshagan sartarosh bo‘lasan-da!.. Esing borida tuyog‘ingni shiqillatib qol, ha!
Ko‘z o‘ngim qorong‘ilashib, butun vujudim lovillab yona boshladi. Quloqlarim shang‘illab ketdi. Inson uchun bundan ortiq haqorat, bundan ham uyatli narsa bormi? Xayolimda eng muqaddas narsa deb yurgan uy shumi hali? Yuragimning eng chuqur joylarida izzatini ardoqlab yurgan kishilarim shu bo‘ldimi?
Yo‘q, men unga bir og‘iz ham gapirmadim. Gunohkor odamday boshimni quyi solgancha burildimu madorsiz oyoqlarimni sudrab bosib yurib ketdim.
Io‘q, men endi bu ko‘chaga hech qachon qadam bosmayman, hech qachon!.. Yaxshi ko‘rish — yalinish, yolvorish degan gap emas! Men Xolidaning oldida gunohkor emasman. Yalinmayman ham… Ertasiga ertalab Samarqandga jo‘nab ketdim. Ketdim-u, xayolim shu yerda — Xolida bilan qoldi. O’zimcha bu bema’nigarchilik uchun Xolidaning mendan kechirim so‘rashini ko‘tardim. Rostdan ham bir haftaning ichida Xolidadan ketma-ket ikkita xat oldim. Ikkala xatning ham mazmuni bir xil edi. «Men siz bilan uchrashishim kerak. Tezroq kelib ketmasangiz bo‘lmaydi», debdi. Qayoqqa boraman? Yana o‘sha uygami?! Kimning oldiga boraman? Meni shunchalik haqorat qilgan odamning oldigami? Nimaga boraman? Yalinish-yolvorish uchunmi?
…Xolidaga xat yozish uchun uch marta qo‘limga qog‘oz-qalam oldim-u, ammo yozolmadim. Har safar qalam ushlasam, ko‘z oldimda uning akasi jonlanar, nazarimda, menga nafrat bilan tikilib turar, ayamay haqorat qilardi.
Bari bir bo‘lmadi. Oradan ikki oycha o‘tganidan keyin Xolidaga xat yozdim. Yozishga yozdim-u, o‘zimdan-o‘zim afsuslanib qoldim. Xatimga javob kelmadi.
Qaytib borganimdan keyin Xolida bularning hammasi uchun mendan uzr so‘raydi, deb yurgandim. Yo‘q, butun xayolim puchga chiqdi. Praktika tamom bo‘lay deb qolganda, sobiq maktabdosh do‘stim Javdoddan xat keldi. Xat juda qisqa edi.
«Xolidadan umidingni uz! Erga tekkaniga o‘n besh kun bo‘ldi. Akasining o‘rtog‘iga tegibdi…»
Xatni burda-burda qilib uloqtirdim. Bevafo! Yaramas! Sotqin! Yana qay so‘z bilan atay o‘shani?
Yo‘q, mening nafratlashga, la’natlashga ham holim qolmagandi. Kipriklarimni to‘sgan yosh pardasi tomog‘imni bo‘g‘ib qo‘ygandi.
Bari bir endi ishlay olmasligimni tushundim. Lash-lushlarimni yig‘ishtirib uyga qaytdim.
Avtobusdan tushishim bilan ataylab Xolidalarning ko‘chasiga burildim. Negadir uni shu yerda, shu ko‘chada uchratishimga ishonardim. Ha, yanglishmabman. Men uni ko‘rdim. Faqat uzoqdan, orqasidan ko‘rdim. U ko‘cha eshik oldida to‘xtagan yap-yangi «Volga» mashinasining yonida xayol surgandek qimirlamay turardi. Kulrang makentosh ustidan qo‘ng‘ir sochlarini tashlab olgan.
Birovdan cho‘chigan odamdek to‘xtab qoldim. Ichkaridan oq ko‘ylak ustidan qora galstuk taqqan novchagina yigit chiqdi. Bilagidan ushlab Xolidani mashinaga o‘tqazdi. Keyin o‘zi rulga o‘tirdi-da, haydab ketdi.
Chamadon bandini jon-jahdim bilan qisganimdan barmoqlarim qirsillab, o‘ng qo‘lim titray boshladi. Molpa-rast! Amalparast!
Yana qancha turganimni bilmayman. Quyosh tikkaga kelib ayovsiz qizitardi. Asfaltdan ko‘tarilgan chuchmal hovur ko‘nglimni behud qila boshladi.
- Mayli,-dedim o‘zimni yupatib, – Xolida kuyunishga, o‘rtanishga ham arzimaydi o‘zi. Mening unga olib beradigan mashinam yo‘q-ku axir?
Bu so‘zlar bilan yupana olmasligimni bilsam ham, o‘zimni ovutishga tirishar, ammo o‘zimni ovutishga, Xolidani unutishga qancha urinsam, uning xotirasi qalbimga shuncha mahkamroq o‘rnashib borardi. Men uchun faqat bir narsa ayon edi: Xolida – bevafo qiz!
…Shu kungacha men faqat mana shu fikr bilan yashadim. Ammo, bugungi voqealar butun fikrimni ostin-ustun qilib yubordi. Ko‘zim moshdek ochildi.
…Bugun ham Xolidani xuddi o‘sha birinchi safardagi kabi trolleybusda uchratdim. Eshikdan kirishim bilan orqa deraza yonida turgan Xolidaga ko‘zim tushdi-yu, yuragim jiz etib ketdi. Indamay konduktorning yoniga o‘tib oldim. Endi pul uzatayotgan edim, orqadan Xolidaning tovushi eshitildi:
- Ikkita bilet bering…
Titrayotgan qo‘llarimni yashirish uchun shimimning cho‘ntagiga suqdim. Yo‘q, yuragimni rashk emas, g‘azab ham emas, alamli bir iztirob chulg‘ab olgandi. O’girilib qaramaslikka harakat qilib indamay turaverdim. Ammo Xolidaning o‘zi qarashga majbur qildi meni.
- Erkin aka, sizga ham bilet oldim.
Yelkam osha nazar tashladim. U haliyam o‘zgarmabdi. Faqat ko‘zlari, bolalarcha javdirab tikiluvchi ko‘zlari endi ehtiyot bilan boqardi kishiga. Rangim o‘chib ketganini o‘zim ham sezib turardim.
- Rahmat! Hisobni to‘g‘rilab qo‘ymoqchi bo‘libsiz-da… — Birdan Xolidaning ham rangi o‘chdi. Burni qisilib, lablari pirpirab uchdi. Ikki tomchi yosh ko‘zlaridan duv etib yumalab tushdi-yu, keyin yelkalari silkinib-silkinib, unsiz yig‘lay boshladi.
Dovdirab qoldim. Odamlarning bizga hayron bo‘lib tikilayotganini ko‘rib, trolleybus to‘xtashi bilan Xolidani sudrab tushib ketdim.
- O’zingizni bosing! – dedim quruqqina qilib. U yoq-bu yoqqa alanglab, tushgan joyimizni tanidim: O’rda ekan. Xolidani qo‘yib yubormay, Anhor bo‘yiga olib tushdim. Sarg‘ish qumni yalab oqayotgan suv qirg‘og‘iga yetib kelganimizdan keyin qo‘lini qo‘yib yubordim.
— Yuvinib oling…
Xolida ho‘l qumda chuqur-chuqur iz qoldirib suv bo‘yiga cho‘nqaydi. Yuvinib bo‘lgunicha skameykada o‘tirdim. Deyarli hech narsa o‘zgarmagan. Oqshom sukunatini chuqurlashtirib shovil-layotgan daraxtzor ham, ohista oqayotgan anhor ham, muyulishdagi bir tup o‘rik ham – hammasi o‘sha-o‘sha. Pastak skameyka ham o‘z o‘rnida turibdi.
Faqat, faqat bir narsa yetishmaydi. Qani o‘sha belanchakka solib allalaganday shirin hislarga yetaklagan suhbatlar? Qani o‘sha yigit qalbimning ilk muhabbat cho‘g‘ini alangalatgan ehtirosli so‘zlar, qani? Qani o‘sha bolalarcha ma’sumlik bilan javdiragan ko‘zlar, qani? Nahotki hammasi yoshlikning sirli so‘qmoqlarida to‘zonli bir iz qoldirib o‘tmishga singib ketgan bo‘lsa?
Xolida hamon cho‘nqayib o‘tirganicha suvni shapillatib yuvinar, yelkasidan oshib tushgan sochining uchi to‘lqinlar yuzida o‘ynab ho‘l bo‘lib ketgandi. Men bo‘lsam uning ko‘z yoshlari suvga qo‘shilib oqib ketayotganini his qilib turar, o‘zim ham yuragimni o‘rtab yuborayotgan hislarimni bazo‘r to‘xtatib o‘tirardim.
Nihoyat, Xolida qizil sumkachasidan shoyi ro‘molcha olib yuzlarini arta-arta yonimga kelib o‘tirdi. Anhorga tikilgancha o‘tiraverdim.
— Gapiring, Erkin aka! — dedi u qizarib ketgan ko‘zlarini menga tikib.
— Nimani?
- Bir yigitga ko‘ngil qo‘yib, boshqasiga tegib ketgan qiz qanday ta’nalarga loyiq bo‘lsa, shularning hammasini gapi-ravering…
— Sizga aytadigan gapim bitta — baxtli bo‘ling.
- Kim?
- Siz… o‘rtog‘ingiz…
- Yana qanaqa tilaklaringiz bor?
Xolidaning bu gapi ta’na bo‘lib eshitildi. Yuragimdagi iztirob o‘rnini g‘azab egalladi.
— Bo‘lgani shu! — dedim cho‘rt kesib.
Xolida anchagacha javob bermadi. Anhor qattiqroq shovillay boshladi. Xiyobon tepasida chiroqlar lip-lip etib birin-ketin yondi.
Kutilmaganda Xolida horg‘in kulib qo‘ydi.
- Qaysi kuni tush ko‘ribman: ikkalamiz shu yerda… yo‘q, bu yerda emas, boshqa joyda – kattakon anhor bo‘yida turganmishmiz. Yuvinaman deb egilsam, boshimdan ro‘molim sirg‘alib tushib, suvga oqib ketibdi. Huv birda menga ko‘k shoyi ro‘mol sovg‘a qilgandingiz-ku, ana o‘sha ro‘molmish… Qo‘limni cho‘zsam, hech yetmasmish…
«Erkin aka, qarang-qarang, ro‘molim oqib ketyapti», desam indamay turaverdingiz. «Jon Erkin aka, tutib bering ro‘molimni! Axir uni o‘zingiz olib bergansiz-ku… Qarang, endi uni boshqa odam tutib oladi», desam, arazlab burilib ketibsiz. Birpasda sizni ham, ro‘molimni ham yo‘qotib qo‘yibman… Uyg‘onsam, yostig‘im ho‘l bo‘lib ketibdi… – Xolida lablarini qimtib boshini quyi soldi. Shamol turdi. Yaproqlarning yerdagi soyasi titray boshladi. Anhorga to‘kilgan chiroq nurlari chil-chil bo‘lib ketdi. Xolida birdan boshini ko‘tarib, ko‘zlarimga ayanchli tabassum bilan tikildi.
- Esingizdami, Erkin aka, birinchi marta shu yerda, shu skameykada o‘tirib gaplashgan edik. Qiziq, biron marta bir-birimizning qo‘limizni ham ushlamaganmiz… — U birdan qo‘limdan ushlab oldi. Qo‘llarining yengil titrayotganini sezib turardim. Vujudimni tentaklarcha bir ehtiros qoplab oldi. Birpasda mast odamdek ko‘z o‘ngim qorong‘ilashdi.
Qiziq, nima demoqchi u? Axir bu… bu… Bordi-yu, payti kelib mening xotinim ham birovga shunday gaplarni aytsa…
Xolidaning qo‘lini shaxt bilan siltab tashladim. Siltab tashladim-u, uyatdan, alamdan, iztirobdan dodlab yuboray dedim. U ko‘zlarimga shunchalar ma’yus, shunchalar alamli o‘kinch bilan tikilib qoldiki, ko‘zimni qaerga yashirishimni bilmay qoldim.
Yo‘q, bunaqa tikilganidan ko‘ra ayamay tarsakilab yuborgani, dod solib yig‘lagani, odamlarni boshiga yig‘ib, meni badnom qilgani ming marta afzal emasmidi? Men undan nima bo‘lsa ham bir narsa kutardim, ammo u hamon haykaldek qotib turardi. Anchadan keyin u havo yetishmagandek en-tikib-entikib gapira boshladi:
- Siz meni… O’shanaqa… yomon xotin deb o‘ylayapsizmi? Shunaqami?
Xolida bu so‘zlarni shivirlab aytdi. Ammo shu to‘rt-besh og‘iz so‘z quloqlarimni batang keltirib, chippa bitirib qo‘ygandek bo‘ldi.
- Rost… – Xolidaning ko‘zlarida yosh yiltilladi. – Rost. Majburan qurilgan turmush xiyonat qilishga olib kelsa ehtimol. Lekin men o‘z nomusimni hech nimaga, sizning muhabbatingizga ham alishmayman…
Men nimadir demoqchi bo‘ldim. Ammo so‘z topolmadim. Xolida ham menga navbat berib o‘tirmadi.
- Siz meni… meni xiyonatchi, bevafo deb o‘ylaysizmi?
O’zingiz-chi… o‘zingiz nega menga shunaqa… beparvo qarab keldingiz?
Xolida yuzimga dadil tikilib, mendan javob kutdi. Endi u yig‘lamasdi. Men bo‘lsam shu topda bir nima deyishga ojiz edim.
- O’sha… hammasi uchun bitta men aybdormanmi? Yo‘q, muhabbatimizning uvolini ikkalamiz baravar bo‘lishib olamiz! —Xolidaning ko‘zlari o‘t bo‘lib chaqnab ketdi. Ammo bir lahzadayoq yana o‘shanday ma’yus bo‘lib qoldi. – Agar meni chindan… rostdan ham yaxshi ko‘rganingizda yozgan xatlarimga javob bermasmidingiz? Mening nima uchun o‘qishga kirolmaganimni, uydagilar bunga yo‘l qo‘yishmaganini bildingizmi? Oxirgi marta uchrashuvga borolmay qolgan kunim uyga sovchi-lar kelganini bildingizmi? O’shanda yordam berdingizmi menga? Yo‘q… – Xolida birdan o‘ksib-o‘ksib yig‘lab yubordi. -O’sha kuniyoq singlimdan uyingizga xat berib yuborgandim. Akam eshik oldida ko‘rib qolib, xatni tortib olibdi… Hammasini eshitdim… O’sha kuni siz uyga kelgan ekansiz. Akam sizni xafa qilib yuboribdi. Siz bir gap bilan arazlab ketdingiz. Men sizga ishonardim… O’zimga ishongandek ishonardim. Siz bo‘lsangiz… Men bir yo‘la hammasidan ayrildim… Agar chindan yaxshi ko‘rsangiz shunaqa qilarmidingiz… Keyin… keyin men hech kimga ishonmay qo‘ydim. Endi menga baribir edi.
Xolida chuqur iztirob bilan yig‘lar, uning har bir so‘zi yuragimni tilimlar, har tomchi yoshi qalbim yarasiga tomar edi.
- O’tinaman, yig‘lamang!- dedim titrab-qaqshab.- Xolida, yig‘lamang! Yig‘lamang!
Xolida chuqur uf tortdi.
- Mayli, Erkin aka, hammasi shirin tushdek o‘tdi-ketdi. Endi hecham qaytib kelmaydi. Faqat, sizdan bir iltimos… Endigi muhabbatingizni – boshqalarga nasib bo‘ladigan muhabbatingizni ehtiyot qiling…
Xolida sekin o‘rnidan turdi. Qizil sumkachasini bilagiga ildi-yu, menga uzoq tikilib qoldi.
- Erkin aka, esingizda bo‘lsin. Men bari bir sizni yaxshi ko‘raman. Umrimning oxirigacha yaxshi ko‘raman. Eshityapsiz-mi, oxirigacha, oxirigacha… – U yana yig‘lab yubordi. Keyin asta burildi-yu, uzoq kasaldan turgan odamday gandiraklab-gandiraklab yurib ketdi.
Qayoqqa? Nimaga? Nahotki men yoshligimning, butun umrimning oltin daqiqalari bilan abadiy vidolashsam! Nahotki u butun orzu-umidlarimni o‘zi bilan umrbod olib ketsa?
Dahshat ichida o‘rnimdan sakrab turib ketdim.
- Xolida!
Men butun xiyobonni yangratib hayqirib yubordim deb o‘ylagandim, yo‘q, bu so‘z yuragimning tub-tubidan bo‘g‘iq, alamli bir nido bo‘lib chiqdi. Muyulishdagi o‘rik yonida unga yetib, bilaklaridan mahkam ushlab oldim. U ham, men ham terak bargidek qaltirardik…
- Xolida! Jonginam. Qorako‘zim. Siz… Siz…
Men nima qilayotganimni o‘zim ham bilmas, nimadir degim, allanimalar deb hayqirgim kelardi. Xolida ko‘zlarimga xotirjam tikilib turib, past, ammo qat’iy ohangda gapirdi:
- Qo‘lingizni torting! Men birovning xotiniman.
- Xolida, axir tushunsangiz-chi! Men…
Xolida qo‘limdan beholgina, siltanib chiqdi-yu, yaproqlari oqshom shabadasida ohista silkinib turgan o‘rik tagidan burilib, muyulishda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Qarg‘ashoyi ko‘ylagining etagini, o‘ng bilagiga ilib olgan qizil sumkachasini ko‘rib qoldim.
U ketdi… U ketdi-yu, ham shirin, ham achchiq, ham quvnoq, ham alamli uzuq-yuluq xotiralar qoldi menda.
Shu xotiralardan boshqa nimam ham bor mening? Axir men muhabbatimni ehtiyot qilolmagan, asray olmagan, yolg‘iz yaxshi ko‘rish bilan kifoyalanib yurgan odamman-ku! Shu baxtimni avvalroq asrasam bo‘lmasdimi!
…Ko‘zlarimda yosh qalqidimi? Yo‘q-yo‘q. Nega? Endimi?

0 yorum:
Yorum Gönder
Yorumunuz sakıncalı içeriğe sahip değilse sayfalarımızda yayımlanacaktır.
Yorumlarınız için teşekkür ederiz.